5 ta oyna 1 ta panel.

Telegram, pochta, telefon daftari, Excel jadval va «buni kim oldi?» degan guruh chati o'rniga — hamma murojaat bitta joyda, egasi va muddati bilan.

Murojaatlar 5 xil joyda tarqalgan. Qaysi biri javobsiz qolgani noma'lum.
Telegram 38
Dilnoza: obuna yoqilmadi…Jasur: salom, javob bormi?
Pochta 112
Re: Re: Fwd: hisob-fakturaShikoyat — 3 kun oldin
Telefon
Javobsiz qo'ng'iroq · 9 ta+998 90 ••• 45 67 — kim edi?
murojaatlar_FINAL_2.xlsx
412-satr: «Aziz ko'radi»413-satr: ?
Guruh chati
— Buni kim oldi?— Men emas
Obuna faollashmadiDilnoza · Aziz K.
12 daq
Javobsiz qo'ng'iroq+998 90 123 45 67
Qayta qo'ng'iroq
Hisob-fakturaBuxgalteriya · Malika
Ochiq
Parol tiklashJasur · Portal
Ochiq
Yetkazib berish qachon?Botdagi FAQ javob berdi
Hal qilindi
DR
Dilnoza Rahimova
+998 90 123 45 67 · 4 ta murojaat
Kecha to'lov qildim, obuna faollashmadi
Tekshiryapman, 2 daqiqa
BillingYuqoriSLA: 3 daq qoldi
Kanallar

Mijoz qayerdan yozsa ham, javobsiz qolmaydi

Telegram bot, qo'ng'iroq, email va sayt — hammasi bitta navbatga tushadi. Har bir murojaatning raqami, egasi, muddati va tarixi bor.

Telegram botrasm, ovoz Qo'ng'iroq+998 71 … Emailsupport@ Portalveb-forma #1042 · TelegramObuna faollashmadi #1041 · Qo'ng'iroqYetkazib berish #1040 · EmailHisob-faktura #1039 · PortalParol tiklash
4 kanal bitta navbatda3 til — o'zbek, rus, inglizATS bulutda yoki o'zingiznikiSLA ish kalendari bilan
Bitta murojaatning bir kuni

Dilnoza to'lov qildi, lekin obunasi yoqilmadi. Keyin nima bo'ladi?

  1. Mijoz Telegram botga yozadi

    Ilova yuklab olish, ro'yxatdan o'tish shart emas. Chek skrinshoti yoki ovozli xabar ham yuboriladi.

    Telegram botfayllar
  2. Ticket o'zi ochiladi va kerakli odamga tushadi

    Qoida: xabarda «to'lov» bo'lsa — Billing jamoasiga. Jamoa ichida eng bo'sh operatorga beriladi.

    avtomatlashtirishtaqsimlash
  3. Operator bir bosishda javob beradi

    Mijoz kartasida oldingi murojaatlar, kompaniyasi va telefoni ko'rinadi. Tayyor javob shablondan qo'yiladi, xato ketsa — «Qaytarish».

    tayyor javoblarmijoz kartasiqaytarish
  4. Muammo — dasturdagi xato. Bug ochiladi

    Operator ticketdan bug yaratadi. Shu kuni yana 3 mijoz xuddi shuni yozgan — hammasi bitta bug'ga bog'lanadi.

    bug trekerbog'langan ticketlar
  5. Xato tuzatildi — 4 mijozga o'zi xabar ketadi

    Har biriga o'zi yozgan kanal orqali: Telegramda yozganga — Telegramdan, emailda yozganga — emaildan.

    mijozlarga xabar
  6. Mijoz tasdiqlaydi va baholaydi

    «Muammo hal bo'ldimi?» — Dilnoza «Ha» ni bosadi va 5 yulduz qo'yadi. Baho Aziz va Billing jamoasi hisobotiga tushadi.

    mijoz bahosihisobotlarArcade ochkolari
Imkoniyatlar xaritasi

Har bir bo'limni bosing — oddiy tilda tushuntiramiz

Duol Desk

Hamma murojaat bitta ro'yxatda

Qaysi kanaldan kelmasin, murojaat ticketga aylanadi: raqami, egasi, holati va muddati bilan.

  • Ko'rinishlar«Meniki», «Javobsiz», «SLA buzilgan» — filtrni saqlab qo'yasiz.
  • Ochmasdan ko'rishSichqonchani olib borsangiz, oxirgi xabar ko'rinadi.
  • BirlashtirishBir mijoz ikki joydan yozsa, ticketlar birlashtiriladi.
  • Ctrl+KTicket, mijoz yoki maqolani bir joydan qidirasiz.
Kim uchun

Har kim o'ziga keraklisini oladi

Bitta navbat

Telegram, qo'ng'iroq, email — bitta ro'yxatda

5 ta oynani almashtirib o'tirmaysiz. Nima birinchi ekanini SLA rangi aytadi.

Mijoz kartasi

Kim yozgani darrov ko'rinadi

Ism, telefon, kompaniya va oldingi murojaatlar — javob yozishdan oldin.

Tayyor javob

Bir bosishda

Shablon va makroslar: javob, holat va teg birdaniga.

Brauzer telefon

Apparat kerak emas

Qo'ng'iroqni paneldan qabul qilasiz, yozuv ticketga tushadi.

Arcade

Ochko va nishonlar

Tez va sifatli javob reytingda ko'rinadi.

+40
Ulanish

Uch qadamda ishga tushadi

  1. Qadam 1

    Kanallarni ulang

    Telegram bot tokeni, support@ pochta, telefon raqami yoki mavjud ATS.

  2. Qadam 2

    Jamoani taklif qiling

    Operatorlar, jamoalar va rollar. Har kim o'ziga tegishli ticketlarni ko'radi.

  3. Qadam 3

    Qoidalarni yoqing

    Ish vaqti, SLA muddatlari, avtomatik taqsimlash va tayyor javoblar.

Ko'p beriladigan savollar

Bizda ATS bor. Uni almashtirish kerakmi?

Yo'q. Mavjud FreePBX yoki Asterisk konnektor orqali ulanadi. ATS bo'lmasa, bulutli ATS'dan foydalanasiz.

Telegram botimiz bor. U ishlayveradimi?

Botingiz tokenini ulaysiz — mijozlar o'sha botga yozishda davom etadi, javoblar paneldan ketadi.

Operatorlar qaysi tilda ishlaydi?

Panel o'zbek, rus va ingliz tillarida. Har operator o'z tilini tanlaydi.

Boshqa kompaniyalar ma'lumotimizni ko'rmaydimi?

Yo'q. Har tashkilot ma'lumoti baza darajasida ajratilgan, fayllar va xabarlar ham alohida saqlanadi.

Ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Kanallarni ulash va jamoani taklif qilish — bir necha soat. Demo paytida birinchi sozlashni birga qilamiz.

Shu yo'lni o'z jarayoningizda ko'rsatamiz

Botingiz, raqamingiz va jamoangiz bilan birinchi ticketni birga ochib ko'rsatamiz.

Tez orada

Demo so'rovlari tez orada ochiladi. Shu vaqtgacha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.